Meta reklama, CRM va Instagram DM bitta joyda. Qaysi kampaniya pul olib kelyapti, qaysi biri byudjetni yoqyapti — raqamlar bilan ko'rasiz. Sifatli lid va sotuvlar Meta'ga qaytadi, reklama sotib oluvchini qidira boshlaydi.
Meta Ads → CRM voronkasi: har bir kampaniya, to'plam va reklama bo'yicha CRM lid, sifatli lid, sotuv, daromad va ROAS.
AI har bir suhbatni o'qiydi: issiq/iliq/sovuq, foydali/foydasiz. Qaysi reklama haqiqiy mijoz olib kelganini ko'rasiz.
CRM'dagi sifatli lid va sotuvlar Meta'ga avtomatik qaytadi — algoritm forma to'ldiruvchini emas, xaridorni qidiradi.
Sotuvchilar reytingi, javob tezligi, yopish foizi, rad etish sabablari va voronkadagi tiqilishlar.
Har kuni ertalab xarajat, lid, sotuv va CPL — guruhingizga o'zi keladi. Sotuv bo'lsa darhol xabar.
Qaysi kampaniyani kuchaytirish, qaysi birini to'xtatish kerakligini raqamlar asosida aytamiz. Reklamangizga tegmaymiz.
Facebook orqali ruxsat bering — kabinet va sahifalar o'zi tortiladi.
amoCRM, Bitrix24 yoki Google Sheets — bitta tugma bilan. Bosqichlarni belgilaysiz.
Dashboard, hisobotlar va Telegram — keyin hammasi avtomatik.
Yo'q. Meta'dan faqat statistikani o'qiymiz. Kampaniyani yoqish/o'chirish yoki byudjetni o'zgartirish imkoniyati yo'q.
Ha. Instant Form va Instagram DM lidlari saytsiz ham reklamaga bog'lanadi.
Kalit va tokenlar AES-256 bilan shifrlanadi, telefon raqamlari faqat xesh ko'rinishida moslashtiriladi.
Ha — har bir mijoz alohida loyiha, alohida ulanish va hisobot. Jamoa a'zolariga rollar berasiz.